AGROMIR kompaniyalar guruhi xodimlari xalqaro miqyosda o‘z professional salohiyatlarini ishonch bilan kengaytirishda davom etmoqda. Mikrobiolog Irina Krasilnikova, logistika bo‘yicha mutaxassis Azamat Olimov, shuningdek mutaxassislar Firuz Bahriev va Firdavs Bahriev Latviya Tabiiy Fanlar va Texnologiyalar Universitetida (LBTU) Latviya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladilar. Dastur treninglar, amaliy mashg‘ulotlar hamda oziq-ovqat sanoati va sohani raqamlashtirish yo‘nalishidagi ilg‘or Yevropa texnologiyalari bilan tanishishni o‘z ichiga oldi.

Tashrif davomida ishtirokchilar mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy yondashuvlari, sensor tahlil va sifat nazorati usullarini o‘zlashtirdilar, innovatsion qadoqlash materiallari va laboratoriya texnologiyalarini o‘rgandilar. Bundan tashqari, ular oziq-ovqat sektorini raqamlashtirishga bag‘ishlangan xakatonda ishtirok etib, Design Thinking yondashuvi asosida yechimlar ustida ishladilar hamda ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt (AI) va IT vositalarini qo‘llash imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Biz xodimlarimizning malakasini muntazam oshirib, xalqaro tajribani o‘zlashtirayotgani, bu esa kompaniyamiz va butun sohaning rivojiga xizmat qilayotganidan faxrlanamiz. Professional rivojlanish va bilim almashish imkoniyatini yaratib bergani uchun Latviya Tashqi ishlar vazirligiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.