100% tabiiy, shakarsiz sharbatlar

Olma va banan
O‘rik
Banan
Rezavor mevalar
Gilos
Multifrukt
Apelsin
Shaftoli

Bliss Smile sharbati

Olma va banan

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Olma va bananning nafis uyg‘unligi yumshoq va boy ta’mni yaratadi. Olma C vitaminiga boy, banan esa kaliy hamda B guruhi vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa bolaning energiyasi va faol bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Olma va banan

Bliss Smile sharbati

O‘rik

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Pishgan o‘riklarning mayin ta’mi va yoqimli mevali shirinligi bolajonga haqiqiy zavq ulashadi. O‘rik tarkibida A vitamini manbai bo‘lgan beta-karotin hamda kaliy mavjud bo‘lib, ular bolaning faolligi va yaxshi kayfiyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘rik

Bliss Smile sharbati

Banan

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
To‘q banan ta’mi va mayin kremsimon tuzilishi har bir qultumni yanada mazali qiladi. Banan kaliy va B guruhi vitaminlariga boy bo‘lib, ular bolaning kun davomida tetik va faol bo‘lishiga yordam beradi.
Banan

Bliss Smile sharbati

Rezavor mevalar

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Sevimli rezavor mevalarning yorqin uyg‘unligi, boy hidi va yoqimli nordon-shirin ta’mi bolajonga manzur bo‘ladi. Rezavor mevalar C vitamini va tabiiy antioksidantlarga boy bo‘lib, ular bolaning muvozanatli va xilma-xil ovqatlanishining muhim qismidir.
Rezavor mevalar

Bliss Smile sharbati

Gilos

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Pishgan gilosning shirali ta’mi, yoqimli shirinlik va yengil nordonlik uyg‘unligi rezavor mevalarni yoqtiradigan bolalar uchun ajoyib tanlovdir. Gilos tarkibida C vitamini va tabiiy antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular bolaning kundalik ratsionini boyitadi.
Gilos

Bliss Smile sharbati

Multifrukt

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Saralangan mevalarning uyg‘un kombinatsiyasi yorqin va boy ta’mni taqdim etadi. Turli mevalar uyg‘unligi tufayli sharbat bolaning faol kuni va yaxshi kayfiyati uchun zarur bo‘lgan vitaminlar hamda foydali moddalarga boy.
Multifrukt

Bliss Smile sharbati

Apelsin

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Pishgan apelsinning tetiklantiruvchi ta’mi va tabiiy sitrus shirinligi har bir qultumga yorqin taassurot bag‘ishlaydi. Apelsin C vitaminiga boy bo‘lib, u bolaning kundalik ovqatlanishining muhim qismi hisoblanadi va organizmning tabiiy himoya funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Apelsin

Bliss Smile sharbati

Shaftoli

Konservantlar va GMO siz
3 yoshdan boshlab bolalarga
Pishgan shaftolining baxmaldek mayin ta’mi va yoqimli mevali ifori bolajonlarga ilk qultumdanoq yoqadi. Shaftoli C vitamini va kaliyga boy bo‘lib, uning mayin ta’mi sharbatni har kunlik mevali zavq uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.
Shaftoli
Bizning qahramonimiz
Salom! Men Barsikman.
Men oddiygina qadoqdagi mushuk emasman — men chinakam tadqiqotchi va sarguzashtlar ishqiboziman! Do'stlarim bilan o'ynashni, yangi o'yinlar o'ylab topishni va har kuni qiziqarli narsalarni kashf etishni yaxshi ko'raman.
Men bilan doimo quvnoq, mazali va mehribon.
Shu bois bolalar meni barcha superqahramonlar orasidan tanlashdi — chunki men ham ular kabi chinakamman.
qor qoplon kim?
Holati va tahdidlar
Qor qoploni yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur hisoblanadi. Uning asosiy xavf omillari — brakonerlik, o‘lja hayvonlari sonining kamayishi, inson bilan yuzaga keladigan nizolar hamda iqlim o‘zgarishidir.
O‘zbekistonda qayerlarda yashaydi
Qor qoploni G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Olayning baland tog‘li hududlarida uchraydi. Qo‘riqxonalarda o‘rnatilgan fotoqopqonlar uning soni va xulq-atvorini kuzatishga yordam beradi.
Turni muhofaza qilish
O‘zbekiston qor qoplonini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro dasturlarda faol ishtirok etadi. Qo‘shni davlatlar bilan populyatsiyani birgalikda kuzatish va tabiiy yashash muhitini asrash yuzasidan memorandumlar imzolangan.
Xalqaro qor qoploni kuni
Har yili 23-oktabr kuni nishonlanadi. Ushbu sana qor qoplonini va tog‘ ekotizimlarini muhofaza qilish zarurligiga jamoatchilik e’tiborini qaratishga xizmat qiladi.
Tog‘lar arvohi
Tog‘lar arvohi
  • Qalin, dog‘-dog‘ jun qoplami tufayli qoyalar orasida juda yaxshi niqoblanadi.
  • Uning tanasidagi dog‘lar naqshi har bir qoplon uchun o‘ziga xos bo‘lib, xuddi inson barmoq izlari kabi takrorlanmaydi.
  • Asosan kechasi va shom paytida faol bo‘lgani sababli uni tabiatda juda kam uchratish mumkin.
Noyob yirtqich
Noyob yirtqich
  • Yovvoyi tabiatda atigi 4 000–6 000 ta qor qoploni yashaydi. O‘zbekistonda esa ularning soni nihoyatda kam — bor-yo‘g‘i 50–100 ta.
  • Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxati hamda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Balandliklar hukmdori
Balandliklar hukmdori
  • Dengiz sathidan 5 500–6 000 metr balandlikdagi tog‘larda yashaydi.
  • Ajoyib kuchi va chaqqonligi tufayli tik tog‘ yonbag‘irlarini oson zabt etadi hamda 15 metrgacha uzunlikka sakray oladi.
Samarqandda hayvonlarni himoya qilish
bo'yicha xalqaro konferensiya
2024-yil fevralida Samarqandda yirik xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. 100 mamlakatdan olimlar va vazirlar migratsiya qiladigan — ya'ni juda uzoq masofalarga sayohat qiladigan hayvonlarni qanday himoya qilish haqida muhokama qildilar. Bu turli qushlar, baliqlar va hatto yirik mushuklardir.
Konferensiyaning asosiy shiori: «Tabiat chegaralarni bilmaydi». Bu shuni anglatadiki, hayvonlar va qushlar xaritaga qaramaydilar va ularning uzun sayohati boshqa mamlakatda tugashi mumkinligini bilmaydilar. Shuning uchun butun dunyo odamlari ularga yordam berish uchun birgalikda ishlashi kerak.
Bunday «sayohatchilar»ni himoya qilish qoidalari hali 1979-yilda ishlab chiqilgan. Bugun ularga O'zbekiston va yana 132 mamlakat rioya qiladi.
Uchrashuvda ko'plab hayvonlarga hozir atrof-muhit ifloslanishi sababli qiyin ekanligi aytildi. Bu konferensiya butun Markaziy Osiyo uchun juda muhim voqea bo'ldi. U sayyoramiz yovvoyi tabiatini saqlashga yordam beradi!