Agromir kompaniyasining eksport va marketing jamoasi rahbariyat bilan birgalikda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Prodexpo» ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Biz hamkorlarimizga yangi mahsulotlar — Bliss Lite, Win Water va premium toifadagi Gardi sharbatlari, shuningdek asosiy brendlarimiz Bliss, Meva, Marinelle, konsentrlangan sharbatlar va mevali pyure mahsulotlarimizni taqdim etdik.

Ko‘rgazma davomida amaldagi va yangi hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, Agromir ishlab chiqarish quvvatlarida STM asosida mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bizning stendimizga yirik xalqaro brendlar vakillari ham tashrif buyurdi.

«Prodexpo»dagi ishtirokimiz mavjud kelishuvlarni mustahkamlash va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.