Joriy yilning 1-fevralidan boshlab Yevropa Ittifoqining 2 ta, Tojikistonning 3 ta, O‘zbekistondan 2 ta oliy ta’lim muassasasalariushbu dastur doirasida qamrab olindi. Yetakchi hamkor tashkilot – Latviya Hayot fanlari va texnologiyalari universiteti hisoblanganloyiha kelgusida Markaziy Osiyo universitetlarida oziq-ovqatniqayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishida oʻqitishda yangi bosqichgaolib chiqishga qaratilgan. Xususan, ta’limning kunduzgi hamdasirtqi ta’lim shaklidagi talabalar bir vaqtda ishtirok etadigantaʼlimning yangi shaklini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Ya’ni nazariya va amaliyot o‘zaro uyg‘unlashtiriladi.
Ushbu loyihani amalga oshirishda yangi ta’lim shakli uchunhuquqiy asos yaratiladi va qonun bilan mustahkamlashbelgilanmoqda.
O‘qitishning ushbu shaklida kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgantalabalar bilan birgalikda tashqi tinglovchilar maʼlum modullardaishtirok etadilar, oʻquv kurslarini tugatgandan soʻng har bir modulboʻyicha belgilangan kreditlarni to‘playdilar va o‘qish yakunidadiplom olishga imkon yaratiladi. Ushbu yondashuv mehnat bozorigakirib borgan kishilar uchun kelgusida mehnat bozoridaraqobatbardoshlikni va bandlik salohiyatni yanada oshirish imkoniniberadi.
Loyihani amalga oshirishda jami beshta ayni oziq ovqatmahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar tanlabolingan.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu korxona va tashkilotlarning 3 tasi ayniO‘zbekistonda faoliyat yurituvchilardir. Ushbu qatorda "AGROMIR" kompaniyalar guruhi ham ishtirok etmoqda.. Ushbu korxonalar yangi fandasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonlarida ishtirok etadi. Shuningdek, tajriba sinov tariqasida hamkorlarga loyihaga o‘zxodimlarini jalb qilish imkoniyatlari yaratiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, OFINU loyihasi 2024-yilningfevralidan 2027-yilning yanvarigacha amalga oshiriladi.
Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Bildirilganfikrlar faqat mualliflarga tegishli bo‘lib, Yevropa Ittifoqi yokiYevropa Ta’lim va Madaniyat Ijroiya Agentligi (EACEA) qarashlarini aks ettirmaydi. Yevropa Ittifoqi hamda EACEA ushbufikrlar uchun javobgar bo‘lmaydi.