O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida ulkan salohiyatga ega. Iqtisodiyotning muvaffaqiyati qishloq xo'jaligining rivojlanishiga bog'liq. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Prezidentimizning qaroriga binoan, Samarqand viloyatida hamkorlik asosida «Meva-sabzavot agroklasterlar uyushmasi»ni tashkil etish kompaniyamiz zimmasiga qo’yildi. 
Hokimiyat ko'magi bilan 2019 yilning 5 oktyabirida AGROMIR kompaniyasi Samarqand viloyati Adliya boshqarmasida "Meva-sabzavot agroklasterlar uyushmasi"ni ro'yxatdan o'tkazdi.
Ushbu reja doirasida 15-noyabr kuni "Intensiv bog'larni yaratish" mavzusida uch haftalik bog'dorchilik seminari boshlandi. Seminarda Samarqandning 5 ta tumanidan meva-sabzavot fermer xo'jaliklari vakillari va agrar universitetlarning talabalari qatnashmoqda. Seminar Samarqand veterinariya tibbiyot institutida bo'lib, 9 dekabrgacha davom etadi.
Ushbu seminarning maqsadi "intensiv bog'lar" yo'nalishi bo'yicha bog'dorchilikni yanada rivojlantirish uchun mutaxassislarni tayyorlashdir. Kompaniyamiz mutaxassislari amerika amaliyoti asosida mashg'ulotlar olib borishadi. Tadbirning asosiy ma'ruzachisi janob Ross Penhalligan, AQShning Oregon Universitetidan tashrif buyurgan professori. Janob Penhalligan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi tomonidan dunyoning 41 mamlakatida o'tkazilgan 38 ta treninglarda ishtirok etgan. 
Seminardan so'ng barcha talabalarga O'zbekiston qishloq xo'jaligi korxonalarida ishlash uchun noyob imkoniyat beradigan o'quv malaka sertifikati topshiriladi.