"AGROMIR" kompaniyalar guruhi sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlaydi va O'zbekistondagi turli sport turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi! O'tgan yildan boshlab Bliss markasi O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi rasmiy homiysi bo'lib, u "CentralChessClub" MChJ ko'magida va O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikda 2019 yil 11-19 mart kunlari  O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan "Toshkent-OPEN"ning 13-chi turnirini o'tkazdi. Musobaqalar Shveytsariya tizimi bo'yicha 9 turda A va B guruhlarida o'tkazildi. O'zbekiston shaxmatchilari yuqori natijalarga erishib, barcha nominatsiyalar bo'yicha asosiy o'rinni egallashdi. Ta'kidlash joizki, turnirda O'zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etishib, ularning ichida mamlakatimiz iqtidorli shaxmatchilari vatanimizni faxr bilan namoyon etishgani bizlarni beqiyosa quvontirdi.

"AGROMIR" kompaniyalari guruhi va "BLISS" savdo belgisi ushbu sportga mamlakatimizda yanada yuksalishni va jahon reytingida yangi munosib o'rinlarga ega bo'lishni tilab qoladi.